Asosiy kontentga o'tish

Onless usuli

Javobni yodlamaysiz. Qoidani tushunasiz.

Yo‘lda testdagi variantlar bo‘lmaydi: vaziyatni ko‘rib, bir zumda qaror qabul qilasiz. Shuning uchun Onlessda to‘g‘ri javobning o‘zini emas, uning sababini o‘rganasiz.

Biz nimani ko‘rdik

Yodlangan javob imtihonda yordam berishi mumkin. Yo‘lda esa yetmaydi.

Buni o‘z avtomaktablarimizda ko‘rdik: savol biroz boshqacha berilsa, yodlangan javob ish bermay qoladi. Haqiqiy yo‘lda esa variantlarning o‘zi bo‘lmaydi.

Qoidaning mantig‘ini tushungan odam notanish vaziyatda ham to‘g‘ri qaror topa oladi. Onless usuli shunga qurilgan.

Usul

Savolning o‘zi darsga aylanadi

Nazariyani oylab alohida o‘qib, keyin testga o‘tish shart emas. Kerakli qoida, yo‘l belgisi va javob mantig‘i savol bilan birga tushuntiriladi.

  1. Professional Expert tahlili

    Murakkab qoida sodda tilda sabab, istisno va amaliy vaziyatlarga ajratib tushuntiriladi.

    Maqsadimiz — o‘quvchi quyidagi savollarga o‘zi javob bera olishi:

    • Nega aynan shu javob to‘g‘ri?
    • Qolgan variantlar nega noto‘g‘ri?
    • Bu yerda qaysi qoida ishlayapti?
    • Haqiqiy yo‘lda bu qanday ko‘rinadi?
  2. Audiotahlil

    Tahlilni tinglab takrorlaysiz va ekranga qarash noqulay bo‘lgan paytda ham o‘rganishni davom ettirasiz. Rul ortida esa diqqatingiz faqat yo‘lda bo‘lsin.

  3. Ko‘rib tushunish

    Yo‘l belgilari, chiziqlar va chorraha tasvirlari qoidani ko‘z bilan tushunishga yordam beradi.

  4. Xatolardan o‘rganish

    Har bir xato keyingi mashqda nimani takrorlash kerakligini ko‘rsatadi. Maqsad — bitta xatoni ikki marta qilmaslik.

  5. Imtihon sharoitida mashq

    Imtihon rejimida 20 ta savolga 25 daqiqa beriladi, shuning uchun imtihon kuni vaqt sizni ajablantirmaydi.

Professional Expert tahlili va audiotahlil hamma savolda ham bo‘lavermaydi.

Bir mashg‘ulot

Bir mashg‘ulot qanday o‘tadi

  1. Javob berasiz

    Savolga avval o‘zingiz javob berasiz.

  2. Tushunasiz

    Tahlilni o‘qiysiz yoki tinglaysiz va javobning sababini bilib olasiz.

  3. Takrorlaysiz

    Qiyin mavzuga qaytib, o‘xshash vaziyatda qoidani yana qo‘llaysiz.

  4. Sinab ko‘rasiz

    Imtihon rejimida bilimingizni tekshirasiz.

Natija

Natija qanday hisoblanadi

nazariy imtihondan birinchi urinishda o‘tganlar
97%

Onlessda imtihonga mustaqil tayyorlanganlar, Buxoro Ravon avtomaktabi va 10 dan ortiq hamkor avtomaktabning o‘qituvchisiz mustaqil tayyorlangan o‘quvchilari nazariy imtihonni birinchi urinishda topshirish natijalari asosida. Bu ko‘rsatkich alohida o‘quvchining natijasini oldindan belgilamaydi.

Imtihonni har kim o‘z bilimi bilan topshiradi, shuning uchun natijani kafolatlamaymiz.

Aniqlik

Xato topsangiz, tuzatamiz

Yo‘l qoidasidagi xato yo‘lda qimmatga tushadi. Shuning uchun tushuntirishlar rasmiy manbaga tayanadi, xato topilsa esa tuzatiladi.

  • Manba

    Tushuntirishlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga tayanadi.

  • Kim tayyorlaydi

    O‘qitish metodikasiga avtomaktab sohasida 20 yildan ortiq ishlagan Tojiddin Avezov, qoidalar talqiniga Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, Yo‘l harakati qoidalari eksperti Baxtiyor Rahmonov mas’ul.

  • Xato topsangiz

    Tahlil ostida fikr qoldiring yoki Yordam markazi orqali yozing. Xabaringizni 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqamiz.

  • Qoidalar o‘zgarsa

    Yo‘l harakati qoidalariga rasmiy o‘zgartirish kiritilsa, tegishli tushuntirishlarni 14 kun ichida yangilaymiz.

Ochiq gap

Kimga mos va nimani qila olmaydi

Onless kimlar uchun

  • Haydovchilik guvohnomasiga mustaqil tayyorlanayotganlar
  • Avtomaktabda o‘qib, nazariyani mustahkamlamoqchi bo‘lganlar
  • Guvohnomasi bor, lekin qoidalarni qaytadan tushunib olmoqchi bo‘lganlar
  • O‘zbek (lotin yoki kirill), rus yoki qoraqalpoq tilida o‘qishni xohlaganlar

Onless nimani qila olmaydi

  • Rul ortidagi tajribani bera olmaydi: amaliy mashg‘ulotni litsenziyaga ega avtomaktabda instruktor bilan o‘tasiz.
  • Imtihon natijasini oldindan va’da qilmaydi: natija bilimingiz va mehnatingizga bog‘liq.
  • Guvohnoma bermaydi: Onless — xususiy kompaniya, davlat organi emas.

O‘zingiz sinab ko‘ring

Ro‘yxatdan o‘tish bepul. Ro‘yxatdan o‘tgach, VIP imkoniyatlarini 24 soat sinab ko‘rishingiz mumkin.