Biz haqimizda
Imtihonga ham, yo‘lga ham tayyorlaymiz.
Javobni yodlatmaymiz — qoidani tushuntiramiz. Nazariyani Onlessda o‘rganasiz, rul ortidagi mashg‘ulotni litsenziyaga ega avtomaktabda o‘tasiz.
- O‘zbek (lotin va kirill), rus va qoraqalpoq tillarida
- Veb, Android, Telegram va kompyuterda
- 2020-yildan beri
Oliy maqsadimiz
Har bir inson yaqinlari bag‘riga sog‘-salomat qaytadigan yo‘l madaniyatini shakllantirish.
Missiyamiz
Yo‘l harakati qoidalarini har bir inson tushunadigan va hamma uchun ochiq ta’limga aylantirish: javobni emas, to‘g‘ri qarorning sababini o‘rgatish.
2025-yilda O‘zbekiston yo‘llarida 2 188 kishi halok bo‘ldi — har kuni o‘rtacha 6 oila yaqinini yo‘qotadi.
Bu raqamlar ortida oilalar turadi. Qo‘limizdan keladigani — rulga o‘tirayotgan odam qoidani yodlab emas, tushunib o‘tirishiga yordam berish.
Manba: Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Gazeta.uz, 2026-yil 14-yanvar. 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan o‘lim ko‘rsatkichi 2021-yildagi 6,9 dan 2025-yilda 5,7 ga kamaygan.
Manbani ochishYangi sahifada ochiladiQadriyatlarimiz
Nimaga ishonamiz va buni qanday qilamiz
Tushunish yodlashdan muhim
- Amalda
- Savol bilan birga qoida, yo‘l belgisi va javob mantig‘i tushuntiriladi — nega aynan shu javob to‘g‘ri.
Imtihon bir kun, haydash butun umr
- Amalda
- Qoidani amaliy vaziyatlarga bog‘lab tushuntiramiz, chunki guvohnoma olgandan keyin ham u yo‘lda kerak bo‘ladi.
Sodda til, aniq ma’no
- Amalda
- Metodika ustida avtomaktab sohasida 20 yildan ortiq ishlagan metodist va Yo‘l harakati qoidalari eksperti ishlaydi: soddalashtiramiz, mazmunni buzmaymiz.
Imkoniyat hamma uchun
- Amalda
- O‘zbek (lotin va kirill), rus va qoraqalpoq tillarida o‘rganish mumkin. «100 yosh» — ijtimoiy missiyamiz.
Biz qilmaydigan ishlar
- Imtihondan o‘tishni yoki guvohnoma olishni kafolatlamaymiz: imtihonni siz topshirasiz, biz tayyorlaymiz.
- «Prava olib berish» bilan shug‘ullanmaymiz va bunday taklif qilganlar bilan hamkorlik qilmaymiz.
- Shaxsiy ma’lumotlaringizni sotmaymiz.
- Soxta sharh yoki to‘qilgan natija e’lon qilmaymiz.
Onless usuli
Javobni emas, qoidaning sababini o‘rgatamiz
Usulimiz beshta tamoyilga tayanadi. Natija kimlar asosida hisoblanganini ham ochiq yozamiz.
Professional Expert tahlili
Murakkab qoida sodda tilda sabab, istisno va amaliy vaziyatlarga ajratib tushuntiriladi.
Audiotahlil
Tahlilni tinglab takrorlaysiz va ekranga qarash noqulay bo‘lgan paytda ham o‘rganishni davom ettirasiz. Rul ortida esa diqqatingiz faqat yo‘lda bo‘lsin.
Ko‘rib tushunish
Yo‘l belgilari, chiziqlar va chorraha tasvirlari qoidani ko‘z bilan tushunishga yordam beradi.
Xatolardan o‘rganish
Har bir xato keyingi mashqda nimani takrorlash kerakligini ko‘rsatadi. Maqsad — bitta xatoni ikki marta qilmaslik.
Imtihon sharoitida mashq
Imtihon rejimida 20 ta savolga 25 daqiqa beriladi, shuning uchun imtihon kuni vaqt sizni ajablantirmaydi.
- nazariy imtihondan birinchi urinishda o‘tganlar
- 97%
Onlessda imtihonga mustaqil tayyorlanganlar, Buxoro Ravon avtomaktabi va 10 dan ortiq hamkor avtomaktabning o‘qituvchisiz mustaqil tayyorlangan o‘quvchilari nazariy imtihonni birinchi urinishda topshirish natijalari asosida. Bu ko‘rsatkich alohida o‘quvchining natijasini oldindan belgilamaydi.
Professional Expert tahlili va audiotahlil hamma savolda ham bo‘lavermaydi.
Onless usuli bilan tanishishNazariya va amaliyot
Nazariya Onlessda, amaliy mashg‘ulot avtomaktabda
2026-yil 1-fevraldan A va B toifadagi guvohnoma uchun nazariy darslarga qatnashish ixtiyoriy bo‘ldi: nazariyani mustaqil o‘rganish mumkin, amaliy mashg‘ulotlar esa avtomaktabda to‘liq o‘tiladi.
O‘quvchi
Haydovchilik guvohnomasiga tayyorlanadi
Onless
Yo‘l harakati qoidalarini tushunib o‘rganadi
Avtomaktab
Instruktor bilan amaliy mashg‘ulot o‘tadi
Imtihon
Rasmiy imtihonni topshiradi
Avtomaktablar bilan hamkorlikka tayyormiz
Bir necha o‘nlab avtomaktablardagi tajribamiz shuni ko‘rsatdi: qoidani tushunib kelgan o‘quvchi bilan instruktorga ishlash osonroq. Hamkorlik formati va narx kelishiladi.
Qo‘ng‘iroq qilish: (97) 280-08-09Ijtimoiy missiya
«100 yosh»: guvohnoma — kasbga birinchi qadam
Ko‘p yigit-qizlar uchun haydovchilik guvohnomasi kasb degani: yetkazib berish, yuk tashish, jamoat transporti, taksi. Lekin o‘qish, tibbiy ko‘rik va imtihon to‘lovlariga hamma oilaning ham qurbi yetavermaydi.
Maqsadimiz — har yili kam ta’minlangan oilalardan 100 nafar yoshni qonuniy guvohnoma olguncha o‘qitish. Bu ishni platforma daromadidan bosqichma-bosqich amalga oshiramiz.
Imtihonni har kim o‘z bilimi bilan topshiradi. Biz natijani emas, boshlash uchun teng imkoniyatni beramiz.
Nimalar qoplanadi
- Onlessda nazariy ta’lim
- Avtomaktabda amaliy mashg‘ulotlar
- Tibbiy ko‘rik
- Rasmiy imtihon to‘lovlari
Qancha yoshga imkoniyat berilgani va qancha mablag‘ yo‘naltirilganini har yili ochiq e’lon qilamiz.
Kim turibdi
Onless ortidagi odamlar va yo‘limiz
Bizning yo‘limiz
Ravon avtomaktablari
Salohiddin Yoqubov Buxoro Ravon va Poytaxt Ravon avtomaktablarini rivojlantirishni boshladi.
Ilk versiya
Ravon avtomaktablari o‘quvchilari uchun Onlessning ilk versiyasi yaratildi.
Yangi Onless
Onlessni qayta qurib, hamma uchun ochdik: javobni yodlatish emas, qoidani tushuntirish.
Investorlar va UzVC
Aloqa Ventures va Yoshlar Ventures sarmoya kiritdi. Onless UzVC Startup Growth Program 3.0 final guruhiga tanlandi.
- Bugun
Usulni chuqurlashtiryapmiz
Tushuntirishlar sifatini oshiryapmiz va avtomaktablar bilan hamkorlikni kengaytiryapmiz.
Jamoa

Asoschi, bosh direktor
Salohiddin Yoqubov
Dasturiy ta’minotda 13 yildan ortiq tajriba. 2019-yildan Ravon avtomaktablarini rivojlantiradi. Iqtisodiyot vazirligining «Avtomaktab elektron tizimi» loyihasiga rahbarlik qilgan. Onlessning ilk versiyasini o‘zi yaratgan.
O‘qitish metodikasi
Tojiddin Avezov
Avtomaktab sohasida 20 yildan ortiq tajriba. Onlessda o‘qitish usuliga mas’ul.
Yo‘l harakati qoidalari eksperti
Baxtiyor Rahmonov
Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, 12 yildan ortiq tajriba.
Infratuzilma muhandisi
Sirojiddin Yoqubov
4 yildan ortiq tajriba: MohirDEV, EPAM, Skillbox. Platformaning uzluksiz ishlashiga mas’ul.
Bizga ishonch bildirganlar
Investor
Aloqa Ventures
Investor
Yoshlar Ventures
Final guruhiga tanlangan
UzVC Startup Growth Program 3.0
Hozir asosiy e’tiborimiz O‘zbekistonda. Keyingi bosqichlarda Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkiyaga chiqishni rejalashtiryapmiz.
Aloqa
Sizga qaysi yo‘l kerak?
Guvohnomaga tayyorlanyapsizmi?
Bepul boshlang va qoidani tushunib o‘rganing.
Bepul tayyorlanishni boshlashFarzandingiz tayyorlanyaptimi?
Onlessda u javobni emas, qoidaning sababini o‘rganadi — imtihonga ham, yo‘lga ham.
Onless usuli bilan tanishishAvtomaktab rahbarimisiz?
Hamkorlik formati va narx kelishiladi.
Qo‘ng‘iroq qilish: (97) 280-08-09Boshqa savollar bo‘yicha:Yordam markazi
Rekvizitlar
- Tashkilot
- «OPENSOFT» MChJ
- IT Park rezidenti
- DSP15
- STIR
- 308944250
- Manzil
- Buxoro shahri, Otbozor, Suvchilar koʻchasi, 24-uy
Sahifa versiyasi 1.0 · Yangilangan